Bog‘lanish

Abdulaziz · mahsulot yaratuvchi

G‘oyadan ishlaydigan mahsulotgacha

Men Abdulaziz — bilyard klublari uchun Noton va IQ test platformasi IQuest muallifiman. Veb-ilova, Telegram bot va mobil ilovani boshidan oxirigacha quraman: g‘oya, dizayn, kod va ishga tushirish.

  • Veb-ilovalar
  • Telegram botlar
  • Android ilovalar
02mahsulot hozir ishlayapti — haqiqiy foydalanuvchilar bilan
03platforma: veb, Telegram va Android
24/7serverda ishlaydi: har kungi zaxira va holat tekshiruvi

Loyihalar

Hozir ishlayotgan mahsulotlar

Noton ilovasi: stollar va kassa ekrani

Bilyard klublari uchun

Noton

Klub egasi uchun hisob-kitob tizimi: stol vaqti, bar buyurtmalari, kassa va smenalar avtomatik hisoblanadi. Klubda bo‘lmasangiz ham hisobot Telegram’ga keladi.

  • Stol taymeri, tariflar va zakazlar
  • Kassa, smena va PDF hisobotlar
  • Telegram bot va internetsiz ishlaydigan Android ilova

Node.js · PostgreSQL · Telegram · Flutter

noton.uz
IQuest: IQ test platformasining bosh sahifasi

IQ test platformasi

IQuest

30 ta tasodifiy mantiqiy, fazoviy va matritsali savol orqali IQ darajasini o‘lchash. Natijalar reytingi, Top 100 musobaqasi va sertifikat.

  • Har safar yangi savollar to‘plami
  • Jonli reyting va sertifikat
  • Telegram Mini App sifatida ham ochiladi

React · Vite · Telegram Mini App

iquest.uz
Bilyard klublari katalogi: qidiruv va filtrlar

O‘yinchilar uchun tez orada

Klublar katalogi

O‘zbekistondagi bilyard klublari bir joyda: yaqin klubni toping, ish vaqtini ko‘ring va qo‘ng‘iroq qiling. Keyingi bosqich — bo‘sh stolni onlayn band qilish.

  • Qidiruv lotin va kirillda bir xil ishlaydi
  • “Hozir ochiq”, “Yaqinimdagi”, reyting filtrlari
  • Noton klublari bilan bog‘lanadi

klub.noton.uz

Nima qilaman

Bitta odam — g‘oyadan ishga tushirishgacha

Veb-ilovalar

Biznes uchun ichki tizimlar va ochiq saytlar: tez yuklanadi, telefonda qulay.

Telegram botlar

Bildirishnoma, hisobot va buyurtma botlari, Telegram ichida ochiladigan Mini App.

Mobil ilovalar

Android ilovalar, jumladan internetsiz ishlaydigan va keyin sinxronlanadiganlari.

Avtomatlashtirish

Kassa, smena, hisobot — qo‘lda yuritilgan daftarni aniq raqamlarga aylantirish.

Interfeys va dizayn

Birinchi ko‘rishda tushunarli ekranlar: kassir ham, mijoz ham adashmaydi.

Server va ishga tushirish

Domen, SSL, zaxira nusxalar va monitoring — mahsulot to‘xtamasdan ishlashi uchun.

Yondashuv

Uch qadam — va mahsulot ishlaydi

  1. 01

    Muammoni joyida tushunaman

    Foydalanuvchi qanday ishlashini ko‘raman: klub kassasi, test topshiruvchi o‘quvchi, buyurtma beruvchi mijoz.

  2. 02

    Kichik, lekin ishlaydigan versiya

    Avval eng kerakli qism ishga tushadi. Qolgani haqiqiy foydalanishdan keyin qo‘shiladi.

  3. 03

    Ishga tushiraman va kuzataman

    Server, zaxira, holat tekshiruvi va yangilanishlar — ishga tushgandan keyin ham mahsulot bilan qolaman.

Tamoyillar

Men qanday mahsulot quraman

Oddiy odam uchun.

Yo‘riqnomasiz tushuniladigan ekran — asosiy talab.

O‘zbek tilida.

Interfeys, xabarlar va hujjatlar — ona tilida, tushunarli.

Ma’lumot himoyada.

HTTPS, har kungi zaxira, rollar bo‘yicha ruxsatlar.

Tez va yengil.

Sekin internetda va oddiy telefonda ham ishlaydi.

Men haqimda

Abdulaziz

Raqamli mahsulotlarni real muammodan boshlab quraman: bilyard klubida pul qayerga ketayotganini ko‘rsatish, odamlarga o‘z qobiliyatini sinab ko‘rish imkonini berish. Har bir loyihani o‘zim loyihalayman, yozaman va serverda yuritaman.

Hamkorlik, loyiha yoki shunchaki savol bo‘lsa — yozing.

G‘oyangiz bormi? Keling, gaplashamiz

Telegram’da yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — birga qanday qilishni aniqlaymiz.